JCh-2022. Messi Saudiya Arabistoni termasiga tan berdi: "Ular kuchli va buni isbotlashdi"

  • 22 noyabr, 2022, 19:21
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Qatar mezbonlik qilayotgan Jahon chempionati 1-turidan o‘rin olgan Argentina - Saudiya Arabistoni uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda osiyoliklar 2:1 hisobida zafar quchdi.

Tecno

Ushbu o‘yin yakuniga etganidan so‘ng argentinaliklar sardori Lionel Messi mag‘lubiyat borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Hech qanday bahonaga o‘rin yo‘q. Biz har doimgidan ko‘ra ahil bo‘lishimiz kerak. Osiyoliklar kuchli jamoa va ular buni isbotlashdi. 

Biz anchadan beri bunday holatga tushmagan edik. Endi Argentina haqiqiy jamoa ekanini ko‘rsatishi lozim", - deydi PSJ va Argentina terma jamoasi hujumchisi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!