
JCh-2022. Messi Mbappega etib oldi
Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi JCh-2022 yarim final bosqichidan o‘rin olgan Xorvatiyaga qarshi uchrashuvda hisobni ochdi.
PSJ futbolchisi bahsning 34-daqiqasida penaltini aniq amalga oshirib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi.
Shu tariqa, Leo Qatardagi mundialda o‘z gollari sonini 5 taga etkazib, Frantsiya terma jamoasi forvardi Kilian Mbappega etib oldi.
Fikrlar