
Javohir Sohibov yana legionerga aylandi
Qirg‘izistonning “O‘zgan” jamoasi ayni paytda Turkiyaning Antaliya shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini davom ettirmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, “O‘zgan” klubi o‘z safiga hamyurtimiz Javohir Sohibovni qo‘shib oldi va kuni kecha shartnoma imzolandi.
Sohibovning oxirgi klubi Bangladeshning “Bangladesh Polis” jamoasi bo‘lib, u erda 8 ta uchrashuvda maydonga tushdi.
Javohir hozirga qadar bosib o‘tgan yo‘li shundayki, “Paxtakor”, “Metallurg”, “So‘g‘diyona”, “Lokomotiv”, “Turon”, “Surxon”, “Alay” (Qirg‘iziston) va “Bangladesh Polis” (Bangladesh).
Fikrlar