Jahon chempionati. Bugun 4 nafar dzyudochimiz tatamiga chiqadi
- 30-август 2025, 09:57
- Ahmadbek Eshmatov
- 0
- Dzyudo
Bugun Bolgariya poytaxti Sofiya shahri mezbonlik qilayotgan dzyudo bo‘yicha kadetlar o‘rtasidagi Jahon chempionati yakkalik bahslarining so‘nggi kuni.
Bugun ham 4 ta vanzn toifasida g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi. Kun davomida terma jamoamizning og‘ir vaznli vakillaridan 4 nafari jahon chempionati medallari hamda qimmatli reyting ochkolari uchun tatamiga chiqishadi. Saralash bellashuvlari bizning vaqt bilan soat 12:30 da boshlanadi.
O‘smirlarimizning ilk davradagi uchrashuvlari:
+70 kg: Zarina Bobonazarova — Mariya Cherkelieva (Bolgariya)
+70 kg: Umida Nig‘matova — Astan Sako (Fransiya)
-90 kg: Musurmonqul Ahrorov — Mayus Petrauskas (Litva)
+90 kg: Alibek Durdiev — Abel Sekeres (Vengriya)
Bu haqda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.