
Iyul boshida katta transfer e’lon qilinadi
“Yuventus” rahbariyati kelasi oyning boshida “Manchester Yunayted”dagi faoliyatini yakunlagan Pol Pogbaning transferini e’lon qiladi.
Manchesterliklar bilan hamkorlikni davom ettirishdan bosh tortgan frantsiyalik yulduz uchun “yuventus”, “Real” va PSj o‘zaro raqobatlashgan edi.
Daily Mail nashrinig ta’kidlashicha, Pogba “Yuventus”ga qaytib borishni ma’qul ko‘rgan. Bundan olti yil muqaddam mohir yarim himoyachi rekord summa – 105 million evro evaziga Turindan Manchesterga yo‘l olgan edi.
Ma’lumotlarga qaraganda, Pogbaning manfaatlarini himoya qilgan agent Mino Rayola hayotdan ko‘z yumganidan keyin 19 yoshli futbolchining huddat ishlarini yurist Rafael Pimenta yuritmoqda. Bu mutaxassis ayni paytda Turin klubi bilan hamkorlikning so‘nggi detallarini muhokama qilmoqda.
Fikrlar