
ITKF karate-do bo‘yicha O‘zbekiston kubogi yakunlandi
18-19 may kunlari Samarqand shahrida ITKF karate-do bo‘yicha o‘smirlar, yoshlar va kattalar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi bo‘lib o‘tdi. Mazkur musobaqada yurtimizning barcha viloyatlaridan 700 ga yaqin sportchilar g‘oliblik uchun bahs yuritishdi. Ushbu kubok bahslari, Qozog‘istoning Almati shahrida bo‘lib o‘tuvchi Markaziy Osiyo chempionati hamda Toshkentdagi Osiyo chempionatiga saralash vazifasini ham o‘tab berdi. Yakunda umumjamoa hisobida Samarqand viloyati vakillari 1-o‘rinni qo‘lga kiritishdi. G‘olib va sovrindorlar homiylar tomonidan munosib taqdirlanishdi.
Fikrlar