
Italiya A Seriyasi. Bugun "Roma" o‘z maydonida o‘yin o‘tkazadi
Bugun A Seriyada 9-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. Unda hamyurtimiz Eldor Shomurodov harakat qiladigan "Roma" o‘z o‘yinini o‘tkazadi.
Rimliklarga mazkur turda "Lechche" jamoasi raqiblik qiladi. Uchrashuv 23:45 da start oladi.
Ma’lumot o‘rnida, 8 turdan so‘ng "Lechche" 7 ochko bilan 13-o‘rin egasi bo‘lib turibdi. "Roma" hisobida esa 16 ochko bo‘lib, "bo‘rilar" 6-pog‘onani egallab turibdi.
Fikrlar