
Istomin Tailanddagi turnir saralashida kortga chiqdi
- 21-август 2022, 15:38
- Javokhir Azimov
- 0
- Tennis
Tailandning Nontxaburi shahrida tennis bo‘yicha "Chellenjer" turkumiga kiruvchi turnir start oldi.
E’tiborlisi, unda O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Denis Istomin ham qatnashdi. Vakilimiz yakkalik bahslarining saralash bosqichidagi ilk bellashuvda avstraliyalik Deyn Kelliga qarshi kortga chiqdi.
O‘yin raqibning 6:3, 6:0 hisobidagi g‘alabasi bilan nihoyasiga etdi. Shu tariqa Istomin yana bir musobaqani mudddatidan erta tark etdi.
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q