
"Istiqlol" yangi murabbiy tayinlovini e’lon qildi
Eronning "Istiqlol" klubini yangi bosh murabbiyni tayinladi.
Portugaliyalik mutaxassis Rikardu Sa Pintu Tehron klubining yangi bosh murabbiyiga aylandi. U Eron jamoasi bilan bir yillik bitimga imzo chekdi.
Ta’kidlash kerak Sa Pintu bundan avval ham (2022-23) "Istiqlol"ni boshqargan va klub bilan Eron Superkubogini qo‘lga kiritgan.
Bilasiz, terma jamoamiz etakchilaridan biri sanalgan Jaloliddin Masharipov aynan mana shu klub sharafini himoya qiladi.
Fikrlar