
Israel Adesanya Maxachev - Pore jangida kim g‘alaba qozonishini aytdi
O‘rta vazn toifasida sobiq UFC chempioni Israel Adesanya engil vazn toifasida kamar sohibi Islom Maxachev va Dastin Pore o‘rtasidagi bo‘lajak jang haqida o‘z taxminlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Maxachev Xabibga qaraganda harakatchanroq. Menimcha, Islom g‘alaba qiladi. Lekin yurakdan Dastinga zafar tilayman, uning g‘alaba qozonishini istayman. O‘ylashimcha, mazkur to‘qnashuvda ochkolar bo‘yicha Maxachevning qo‘li baland keladi”, – dedi Adesanya o‘zining You Tube kanalida.
Eslatib o‘tamiz, 2 iyun kuni AQSh ning Nyu-York shahrida o‘tkaziladigan "UFC 302" musobaqasida Maxachev(25-1) va Pore(30-8-1 N/C) to‘qnash keladi.
Fikrlar