Islom To‘xtaxo‘jaevning maydonga qaytishi "Al-Garafa"ga qo‘l keldi

  • 14 sentabr, 2022, 08:12
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Qatar yulduzlar ligasining 7-turida “Al-Garafa” klubi “Marxiya”ni qabul qildi. Ushbu uchrashuvda hamyurtimiz Islom To‘xtaxo‘jaev yana asosiy tarkibga qaytdi.

Tecno

Yodingizda bo‘lsa, 31 avgust kuni “Al-Garafa”ning “Al-Ahli Doxa”ga qarshi bellashuvida legionerimiz maydondan chetlatilgandi. Orada u bitta o‘yinni o‘tkazib yubordi. 13 senyabr kuni esa diskvalifikatsiya muddatini o‘tab bo‘lgach, yana maydonga qaytdi.

Birinchi bo‘limda Driss Fettui 38-daqiqada gol urib mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Tanaffusdan so‘ng To‘xtaxo‘jaev jamoadoshlari o‘yin tizginini o‘z qo‘liga oldilar. 56-daqiqada tinib-tinchimas Yasim Braimi hisobni tenglashtirdi. 63-daqiqada Isxak Belfodil penaltidan gol urib “Al-Garafa”ni hisobda oldinga olib chiqdi. Uchrashuv yakuniga qadar 2:1 natijasi o‘zgarmadi. Darvoqe, 90-daqiqada mehmonlar vakili Ayyub Azzi maydondan chetlatildi.

Endilikda italiyalik Andrea Stramachchoni jamoasi 12 ochko bilan 4-o‘ringa chiqib oldi. “Al-Garafa” navbatdagi uchrashuvini 20 sentyabr kuni o‘z maydonida “Al-Rayyan”ga qarshi o‘tkazadi.

"Shomurodov orqali futbolingiz evropalik skautlar kuzatuvida, sizlarda "oltin avlod" shakllanyapti, o‘zbek madaniyatini eshitganman" - "Inter"ning sobiq ustozi SPORTS.UZga eksklyuziv intervyu berdi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!