Islam Maxachevmi yoki Jek Maddalena?

  • 22 sentabr, 21:22
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Amerikalik UFC jangchisi Kyortis Bleyds yarim o‘rta vazn (77 kg) toifasida bo‘lib o‘tadigan chempionlik jangi — avstraliyalik Jek Della Maddalena va rossiyalik Islam Maxachev o‘rtasidagi bahs haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

Tecno

“Men Maddalenaning faqat so‘nggi ikkita jangini kuzatdim. Garchi u UFC da 8 g‘alabali seriya qayd etayotgan bo‘lsa-da, bo‘lajak bahsda ustunlikni Islomga beraman. Chunki uning qiyinchiliklarni qanday engib o‘tishini ko‘rganman. U doim eng yuqori darajani namoyish etadi”, — dedi Bleyds jurnalist Jeyms Linchga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Della Maddalena va Maxachev qarama-qarshiligi 16 noyabr kuni AQShning Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!