Iroda namoyish etgan "Chelsi" APL peshqadamiga aylandi
- 6-декабр 2020, 02:55
- Javokhir Azimov
- 0
- Futbol
Angliya Premer-ligasi 11-tur uchrashuvlari davom ettirilmoqda. Bugun "Chelsi" va "Lids Yunayted" jamoalari o‘zaro bahs olib bordi. "Stemford Bridj" stadionida kechgan bahs mezbonlarning 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
O‘yindagi hisob 4-daqiqada "Lids" hujumchisi Patrik Bemford tomonidan ochilgan bo‘lsa-da, "ko‘klar" uch gol bilan bunga javob qaytarishni uddaladi. Hisobni tenglashtiruvchi golga Olive Jiru mualliflik qilgan bo‘lsa, Kurt Zuma burchakdan etkazib berilgan to‘pni darvozaga to‘g‘rilab yubordi. Shuningdek, asosiy vaqtga qo‘shib berilgan daqiqalarda Pulishich jamoasining qarshi hujumini aniq zarba bilan yakunladi.
Shu tariqa, "aristokratlar" onlayn turnir jadvalida 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi. "Lids" esa, 12-pog‘onani band etgan.
{online}3411452{/online}