Iordaniya U-23 bosh murabbiyi: "Yutqazganimiz adolatdan bo‘lmadi"

  • 8 iyun, 2022, 16:20
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO
Avstraliya U-23 hamda Iordaniya U-23 terma jamoalari o‘rtasidagi bellashuvda nominal mezbonlar 1:0 hisobida zafar quchdi. Iordaniya olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ahmed Hayel uchrashuvdan keyin qisqacha o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
 
"Avstraliya juda kuchli jamoa va hujumlarda juda takomillashgan. Ikkinchi bo‘limda vaziyatlar yaratishga urindik. Iroq Quvaytni mag‘lub etayotganini eshitganimizda, hujumga o‘tib, gol urishni istadik. Afsuski, natija biz uchun qoniqarsiz bo‘ldi. 
 
Yutqazganimiz adolatdan bo‘lmadi. Biz g‘alabaga loyiq edik. Naqafat bu o‘yinda, balki 1-turdagi Iroqqa qarshi bahsda ham. Iordaniya futbolining oliy namunasini ko‘rsatishga harakat qildik. Lekin o‘xshamadi. Kelgusi musobaqalarda yaxshiroq natija ko‘rsatishga umid qilamiz", - dedi mutaxassis. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!