"Inter" bosh murabbiyi alamli mag‘lubiyatning asosiy sababini aytdi

  • 1 iyul, 06:39
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Inter" bosh murabbiyi Kristian Kivu Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati 1/8 finalida "Fluminense"ga qarshi kechgan o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi (0:2). 

Tecno

"Biz taslim bo‘lmadik va oxirigacha kurashishga urindik. Barcha imkoniyatlarimizni ishga soldik, taktik jihatdan o‘zgarishlar qilishga harakat qildik. Ammo bu bizning kunimiz emas edi" — deb Kivudan so‘z keltiradi FIFA rasmiy sayti.

Shuningdek, murabbiy raqibning taktikasi ular uchun kutilmagan bo‘lganini ta’kidladi:

"Fluminense"ning besh nafar himoyachi bilan o‘ynaydi, deb o‘ylamagandik. Bu bizga ayniqsa birinchi bo‘limda jiddiy muammo tug‘dirdi. Muammoning echimini topish qiyin bo‘ldi" - deya o‘z so‘zlarini yakunladi.

Eslatib o‘tamiz, "Fluminense" 1/4 finalda "Manchester Siti" — "Al-Hilol" juftligining g‘olibi bilan bahs olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!