Igor Tudor: "Tottenxem" ikki yil ichida Yevropa musobaqalariga qaytadi"
- 19-март, 14:58
- Bilolbek Imomov
- 0
- Futbol
Igor Tudor "Tottenxem" bosh murabbiyi sifatida jamoaning kelajagiga ishonch bilan qaramoqda.
Londondiklar navbatdagi o‘yinda Madriddning "Atletiko"sini mag‘lub etdi, ammo bu g‘alaba ularga Chempionlar ligasida keyingi bosqichga chiqish uchun yetarli bo‘lmadi.
O‘yindan keyin jurnalistlar Tudordan jamoa qachon yana Yevropa musobaqalariga qaytishini so‘rashdi.
"Kelasi yil emas, ammo undan keyin — ha. Nega bo‘lmasin? O‘yinchilar o‘tgan yilgi muvaffaqiyatdan keyin yana Yevropa musobaqalarida ishtirok etishni istashmoqda, ular yana nimadir yutishni xohlashyapti", — dedi Tudor.
Ayni paytda "Tottenxem" Angliya chempionati jadvalida faqat 16-o‘rinni egallab turibdi.
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q