
Ibrohimhalil Yo‘ldoshev jamoasi bugun o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi
Rossiyaning "Nijniy Novgorod" klubi Turkiyada yig‘in tashkil etmoqda. Ibrohimhalil Yo‘ldoshev faoliyat yuritayotgan jamoa bir qator o‘rtoqlik bahslari ham o‘tkazmoqda.
Bugun ushbu jamoa Rossiyaning yana bir klubi "Baltika"ga qarshi nazorat o‘yinida maydonga tushadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 18:00da boshlanadi.
Fikrlar