
Ibrohimxalil Yo‘ldoshev eng zo‘ri!
RPL 19-turidan o‘rin olgan "Nijniy Novgorod" - "Ural" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Mazkur bahsda mezbonlar 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
18-daqiqada zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan hamyurtimiz Ibrohimxalil Yo‘ldoshev ushbu bahsning eng yaxshi futbolchisi, deya e’tirof etildi.
Eslatib o‘tamiz, 21 yoshli chap qanot himoyachisi joriy mavsum Rossiya chempionati doirasida 13 ta o‘yinda ishtirok etdi.
Fikrlar