
Ibragimovich "Milan" bilan shartnomasini uzaytirgach nimalar dedi?
"Milan" hujumchisi Zlatan Ibragimovich klub bilan amaldagi shartnomasini uzaytirganini izohladi.
“Men nihoyatda baxtliman, chunki bu kunni kutgan edim. Men yana bir yil qolaman - bu eng muhimi. Men “Milan”da o‘zimni baxtli his qilayotganimni juda ko‘p aytganman. Imkoniyat bo‘lsa, umrimning oxirigacha shu erda qolaman”, - dedi 39 yoshli shvetsiyalik futbolchi.
Ibragimovich “Milan” safida 2020 yilning yanvaridan buyon to‘p surib kelmoqda. Yangi shartnomaga ko‘ra, Zlatan 2022 yilning yozigacha “rossonerilar” safida qoladi.
Ibragimovich joriy mavsum “Milan”da jami 25 ta o‘yinda maydonga tushdi. U ushbu uchrashuvlarda raqiblari darvozasiga 17 ta gol urishda muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar