IBA Jahon chempionati. Birinchi finalchimiz nomi ma’lum
- 11-декабр 2025, 18:23
- Ahmadbek Eshmatov
- 0
- Boks
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida erkaklar o‘rtasida Jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqaning chorak finalida 9 nafar bokschimiz ringga ko‘tarilishi rejalashtirilgan edi.
-60 kg vaznda yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Abdumalik Xalokov Armaniston vakili Artur Bazeyanni engib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, bizni oldinda yana bir bokschimiz Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev va Alexandru Paraschiv (Moldova) to‘qnashuvi kutib turibdi.
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q