
"Humo"dan ajoyib rekord
Toshkentning "Humo" jamoasi mazkur bosqich doirasida Neftekamskning "Toros" klubiga qarshi oltinchi o‘yinni o‘tkazdi. Bellashuvning asosiy va birinchi overtaymida kuchlar teng keldi - 1:1.
Ikkinchi overtaymning 5-daqiqasida Maksim Kazakov tomonidan kiritilgan shayba Evgeniy Popixin shogirdlariga seriyadagi hisobni tenglashtirishini ta’minladi (3:3).
E’tiborlisi, mazkur bahsni bevosita "Humo-Arena"da kuzatish uchun 7267 nafar tomoshabin tashrif buyurdi va bu "qanotlilar" uchun joriy mavsumdagi rekord natija bo‘ldi.
Bundan oldingi rekord "Dinamo Sankt-Peterburg"ga qarshi o‘yinda qayd etilgan edi. O‘shanda 6844 tomoshabin "Humo-Arena"da toshkentliklarning 2:5 hisobidagi mag‘lubiyatiga guvoh bo‘lgan edi.
Fikrlar