Hamyurtimiz Osiyo chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritdi
- 16-март, 05:54
- Javohir Malikov
- 0
- Yengil atletika
Yaponiyaning Nomi shahrida engil atletikaning sportcha yurish yo‘nalishi bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Rasulbek Dilmurodov bronza medaliga ega chiqdi.
Hamyurtimiz ushbu muvaffaqiyatga yarim marafon (21 km, 97 metr) dasturida erishdi. Dilmurodov Yaponiya va Xitoy sportchilaridan keyin 1 soat 25 daqiqa va 31 soniyada marraga yetib kelgan.
Bu haqida MOQ xabar bermoqda.
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q