Hakimi: "Borussiya"ning ChLdagi eng yaxshi to‘purari ekanligimdan hayratdaman

  • 6 noyabr, 2019, 15:43
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa Chempionlar Ligasining 4-turida "Borussiya" Dortmund himoyachisi Ashraf Hakimi "Inter" (3:2) darvozasiga ikkita gol urdi va u o‘zining ushbu onlardagi ehtiroslari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

"Tanaffus paytida biz borimizni ikkinchi bo‘limda berishga kelishib oldik. Baxtimizga barchasi yaxshi bo‘ldi.

ChLda "Borussiya"ning eng yaxshi to‘purari ekanligimdan hayratdaman. Menga ushbu klub safida o‘ynash baxti nasib etdi va gollar urishga muvaffaq bo‘layotganimdan xursandman. O‘tgan vaqt mobaynida juda ko‘p ishladim va jamoamga foydam tegayotganidan baxtiyorman." - dedi Hakimi.

Eslatib o‘tamiz, Hakimi ChLning guruh bosqichida 4 ta uchrashuv o‘tkazib, 4 ta gol urishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!