
Habib: "Tabriklayman do‘stim, qoyilmaqom ijro!"
- 12-сентябр 2023, 12:57
- Sinov3 Sinov3
- 0
- Tennis
Engil vazn toifasi sobiq UFC chempioni Habib Nurmagomedov Novak Jokovichni "US Open" turniridagi g‘alabasi bilan tabrikladi:
"Tabriklayman do‘stim, qoyilmaqom ijro!", - deb yozdi UFC sobiq chempioni ijtimoiy tarmoqlarda.
Eslatib o‘tamiz, Novak Jokovich finalda Daniil Medvedevni mag‘lub etdi - 6:3, 7:6 (tay-brek), 6:3.
Serbiyalik tennischi bu bilan o‘zining yigirma to‘rtinchi "Katta dubulg‘a" tasnifidagi chempionligini qo‘lga kiritdi.
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q