Gvardiola: Yutolmasak, hammasi tamom
- 14-март, 05:30
- Zohir Toshxo’jayev
- 0
- Futbol
“ManchesterSiti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola APLning 30-turi doirasida safarda bo‘lib o‘tadigan “VestXem”ga qarshi o‘yin haqida fikr bildirdi.
- Hozir navbat “VestXem”ga keldi. Premier-liga — eng qiyin musobaqa. Biz hali ham kurashdamiz va tushunamizki, agar ochko yo‘qotsak, hammasi tugaydi.
Men har doim aytganmanki, oxirgi 10 ta o‘yinga yaqinlashganimizda har bir jamoa biror narsa uchun kurashadi — omon qolish uchun, Yevropa Ligasi uchun, Konferensiyalar Ligasi uchun, Chempionlar Ligasi uchun, chempionlik uchun.
Bu normal holat, har bir o‘yin muhim. Bundan buyog‘iga ikkinchi imkoniyat bo‘lmaydi, - dedi Gvardiola ESPN jurnalistlariga bergan intervyusida.
APLning 29 turidan keyin “shaharliklar” 60 ochko to‘plab, ikkinchi o‘rinni egalab turibdi va yetakchi “Arsenal”dan yetti ochkoga ortda qolmoqda, biroq ularda zahira o‘yini mavjud.