Gvardiola: Xoland bo‘y-bastiga yarasha dam olishi kerak
- 30-ноябр 2025, 14:02
- Zohir Toshxo’jayev
- 0
- Futbol
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoa to‘purari Erling Xoland bilan bo‘lgan emotsial suhbat haqida jurnalistlarga gapirib berdi.
Gap shundaki, norvegiyalik hujumchi “Lids”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda raqib darvozasini ishg‘ol qila olmadi. Hamma Xoland Angliya Premer-ligasidagi 100-golini kiritishini kutayotgan edi.
25 yoshli hujumchida Angliya chempionati yuqori divizionida 100 ta golni eng tez urish bo‘yicha rekord o‘rnatish imkoniyati bor. Buning uchun bitta gol kifoya.
- Xoland bu ishni baribir uddalaydi va kelasi o‘yinda 100-to‘pini ham kiritadi. Biz u bilan hordiq haqida gaplashdik. Uning jasadi juda yirik. Erling o‘yinda tetik bo‘lishi kerak. Dam olish faqat oyoqlariga emas, boshi uchun ham muhim.
Xolandning tiklanishi Fil Foden va Jeremi Dokunikidan farq qiladi. Ularda tiklanish jarayoni tezroq kechadi. Erling esa, barvasta yigit. U bizga juda kerak, - dedi Xosep Gvardiola.
Erling Xoland joriy mavsumda barcha turnirlarda 22 ta uchrashuvda ishtirok etib, raqiblar darvozasini 22 marotaba ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga bir juft golli pas uzatdi.