Gvardiola jamoasida nimalar o‘zgarganini aytdi
- 13-апрел, 18:06
- Zohir Toshxo’jayev
- 0
- Futbol
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola “Chelsi”ni 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan jamoasida avvalgiga nisbatan qanday o‘zgarishlar bo‘lganini ma’lum qildi.
- Avval jamoamiz o‘ziga xos davrni boshdan kechirgan, ammo biz hali ham rivojlanishda davom etyapmiz. Hozir bizda tiklanish uchun to‘liq hafta bor, chunki Chempionlar ligasida o‘ynamayapmiz.
Mashg‘ulotlarda har kim o‘z vazifasini aniq biladi.
Uchrashuvda 90 daqiqa davomida ideal o‘ynamagan bo‘lsak-da, jamoa yaxlit harakat qildi, raqibga kam imkoniyat berdi va hujumda doim xavfli ko‘rindi.
Taktik qurilishimiz o‘zgarib boradi, bu gal ham ikkinchi bo‘lim birinchisidan farq qildi.
Asosiy vazifa – xavfli vaziyatlar yaratish, havodagi to‘plar uchun kurashish va o‘yinni rivojlantirib borish, - dedi Xosep Gvardiola.