Gvardiola: “Barselona”ning o‘yinlarini ko‘rib zavqlanaman”
- 25-март, 18:25
- Ali Ahmadxo’jayev
- 0
- Futbol
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Hans-Diter Flik qo‘l ostidagi “Barselona”ning o‘yinidan olgan taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Ko‘k-anorranglilar" yorqin hujumkor uslubda o‘ynashmoqda, bu esa, "shaharliklar" ustozining fikricha, futbol ishqibozlariga yoqmasligi mumkin emas.
“Flikning "Barselona" o‘yinlarini har safar imkoniyat bo‘lganda tomosha qilaman, chunki bu menga zavq bag‘ishlaydi. Ba’zida biz hamma narsani haddan tashqari murakkablashtiramiz, ammo oxir-oqibat kinoga yoki yaxshi restoranga borganingizda, siz shunchaki zavqlanishni xohlaysiz. Ayting-chi, hech bo‘lmaganda bir marta "Barsa" o‘yinidan zavq olmaganmisiz?", - deya Gvardiolaning so‘zlarini keltiradi Football Talk.
Ispaniyalik mutaxassisning o‘zi 2008-2012 yillarda Kataloniya klubida ishlagan. Flik bu lavozimni 2024 yilda egallagan.