Grinvudga nima bo‘ldi?!

  • 27 fevral, 2021, 13:00
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Meyson Grinvud o‘tgan mavsumni juda yuqori tempda o‘tkazdi. Markaziy hujumdagi muammolarni berkitdi va muxlislarda kelajakka ishonch uyg‘otdi. Joriy mavsumda uni yangi darajaga ko‘tarilishi taxmin qilingan edi, biroq hujumchi muammolar girdobiga tushib qoldi. Pandemiya qoidalarini buzgani, golsiz seriya, asosiy tarkibdan tushib qolishi shular jumlasidan.

Tecno

Ko‘plab mutaxassislar Meyson singari juda erta mashhurlikka erishgan Ravel Morissonni yodga olishgani aniq. Bundan 10 yil ilgari u Pogba va Lingard singari MYuning kelajagi deb ta’riflangan edi. Bugunga kelib Pogba JCh g‘olibiga aylandi, Ravel esa klubsiz qolib ketdi. O‘tgan yilning kuzida ko‘plab mutaxassislar Meysonni ham shunday taqdir kutib turgani haqida fikr bildirishni boshladi, biroq bu noto‘g‘ri. SPORTS.uz aslida hammasi o‘zgacha ekanligini isbotlashga urinib ko‘radi.

U haqida fikr bildirishdan avval, Grinvudning o‘tgan mavsumdagi statistikasini yaxshilab o‘rganib chiqish lozim. Qahramonimiz «qizil iblislar» akademiyasida hujumning so‘nggi fazasi sifatida harakat qilgan. Uning asosiy vazifasi so‘nggi zarbani berish edi. Ole-Gunnar Sulsher tomonidan asosiy jamoaga olingach, Meysonga bu omil katta yordam berdi. U so‘nggi zarbalarni berish orqali gollar kiritdi, ammo boshqa jihatlarda bo‘shroq o‘yin ko‘rsatdi. Buni muxlislar sezmagan bo‘lishi aniq. Sababi, kiritilgan gollar barcha kamchiliklarni yuvib ketgan.

Tajribasizlik boshqa omillarda yaqqol ko‘zga tashlanadi. U qanot hujumchisi sifatida maydonga tushishni boshlagach, bir necha bor o‘yindan tushib qoldi. Pressinglarda ishtirok etmadi. U 2019/20 yilgi mavsumda to‘psiz harakat qilish borasida APL hujumchilari orasida eng past ko‘rsatgichni qayd etdi. Bundan tashqari, yosh iste’dod qanotlardan to‘p uzatishni eng kam amalga oshirgan futbolchilar ro‘yxatida ikkinchi pog‘onani zabt etdi. Bu APL grandlari safida harakat qilayotgan vingerlar orasidagi eng yomon natija.

zkedrzkdrzkdr

Ushbu statistiklardan ko‘rinib turibdiki, (gollarni inobatga olmasa) Meyson jamoaviy o‘yin uchun hech qanday naf keltirgani yo‘q. Ayqnisa, «qizil iblislar»ning o‘yini chiqmagan paytda Grinvud umuman ko‘zga tashlanmay qolar edi.

Qahramonimiz APL uchrashuvlarida  kiritgan gollari sonini 10 taga etkazib oldi. Agar statistik ma’lumotlarga suyanadigan bo‘lsak, uning o‘yinida regress kuzatilishi turgan gap edi. Sababi, faqat vaziyatlardan foydalanish orqali uzoqqa borish mumkin emas. Xo‘sh, hozir Meyson maydonda nima bilan band bo‘lyapti? Nega gollar soni keskin kamayib ketdi?

lщukrщulkrщluk_1

Aslida, hech narsa o‘zgargani yo‘q. Grinvud ko‘proq zarba yo‘llamoqda. Uning pozitsiyasida ham hech qanday o‘zgarish bo‘lgani yo‘q. Afsuski, vaziyatlardan foydalanish foizi keskin tushib ketdi. O‘tgan mavsum bu 52,6 foizni tashkil etgan bo‘lsa, hozirda 29 ga teng, xolos.

Bu vaziyatda murabbiy o‘z shogirdidan xafa bo‘lishi kerak, biroq Sulsherning fikri tamomila o‘zgacha. «Yunayted»ning «Everton»ga qarshi o‘yinidan so‘ng norvegiyalik mutaxassis Grinvud haqida fikr bildirdi:

rkedrzdkzdrke

«Meyson bugun fantastik o‘yin namoyish etdi va qolganlardan ajralib turdi. U o‘z o‘yinini ancha yaxshilaganini ko‘rsatib qo‘ydi. Grinvudning bir mavsumli hujumchi emasligiga ishonchim komil edi. U buni uddalamoqda».

Gol kiritmay qo‘ygan vingerning o‘yini nega Sulsherni bu qadar xursand qildi? Buni tushuntirib berish uchun qahramonimiz vinger pozitsiyasiga to‘liq moslashganini alohida e’tirof etmoqchimiz.

«Irislar»ga qarshi o‘yinda Grinvud raqib jarima maydonchasi ichida to‘pga 7 bor tegingan. O‘z jarima maydonchasi tomonida bu ko‘rsatkich 15 tani tashkil etadi. Umumiy hisobda Meyson to‘pga 62 bor tegingan. Bu uning APLdagi o‘yinlarda qayd etgan rekordi sanaladi!

Endlikda, Meyson to‘psiz harakat qilishni boshladi. Avvalgidek pressingda passiv emas. Jamoaviy hujumlar chog‘ida jarima maydonchasi ichiga kirib boryapti. Himoyalanish chog‘ida loteralga ham aylanganini ko‘rishimiz mumkin. Umuman olganda, u futbolchi sifatida shakllanib bormoqda. To‘g‘ri, gollar soni kamaydi, ammo endi Meyson 60 daqiqalik futbolchi emas. U 90 daqiqa davomida jamoaviy o‘yinni buzib qo‘ymasligi mumkin. Uning yoshidagi futbolchilar uchun bu eng muhim omil.

Bundan tashqari, u o‘yin tempini oshirish maqsadida qanotlardan to‘p uzatib berishni boshladi. To‘g‘ri, bir uchrashuvda uzatmalarning 27-37 foizi manziliga etib bormoqda, ammo o‘tgan mavsum bilan solishtirsak, yaqqol o‘sish bo‘lganini sezish mumkin. Qahramonimiz o‘zining so‘nggi uchrashuvlarida qanotlardan maydon markaziga kamida 5-6 ta uzatmani amalga oshirmoqda. O‘tgan mavsumda bu boradagi urinishlar o‘rtacha 2,8 edi.

Ikki oyoqda ham to‘p surishi unga qo‘l kelishni boshladi. Meyson to‘pni qaysi oyog‘i bilan uzatib berishini himoyachilar sezmay qolmoqda. Hujumchidan birinchi navbatda gol talab etilishi to‘g‘ri, biroq futbolda gol kiritishdan avval qilinishi kerak bo‘lgan ishlar ham mavjud. Hozircha, gollar kamaydi, biroq bu o‘tkinchi holat.

Muxlislarda o‘rinli savol paydo bo‘lishi mumkin. Xo‘sh, hujumni yakunlashda benazir bo‘lgan yigitni qanotga qo‘yishdan nima naf?

Bu biroz vaqtdan so‘ng ko‘rib chiqilishi mumkin, ammo statistika umuman boshqacha so‘zlamoqda. 2019/20 yilgi mavsumda qahramonimiz 14 ta o‘yinda markaziy hujumchi sifatida maydonda ko‘rinish berdi va 5 ta gol kiritdi. Yaxshi natija, biroq («Rochdeyl», «Tranmir», «Astana», LASK,  «Norvich») ammo nisbatan kuchsizroq raqiblar bilan o‘yindagina gollar urilgan.

kdzrkzerkedr

O‘ng qanot vingeri sifatida kiritgan gollari soni bundan ancha ko‘p. Tezlikda himoyachilardan o‘zib ketib o‘tkir burchakdan zarba yo‘llash uning sevimli uslubi sanaladi. U markazga qo‘yilgan o‘yinlarda ko‘pincha himoyachilardan bir qadam ortda qolmoqda. Professional futbolda jarima maydonchasi ichida bo‘sh zona topish markaziy hujumchining birinchi raqamli vazifasi. Buni o‘rganish lozim. Tajriba va o‘yinlar orqali bo‘shliqni his etish hujumchilardan paydo bo‘ladi.

Meysonning baxtiga hozir unda o‘rganish uchun imkoniyat mavjud. Buni «qizillar» ustozi ham «Vest Xem»ga qarshi o‘yindan so‘ng e’tirof etdi:

“Grinvud o‘syapti. Quvonarlisi shundaki, 6 oydan beri Edinson Kavani bilan mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda. O‘ylashimcha, xalqaro darajadagi forvardlardan o‘rganish mumkin bo‘lgan narsalar juda ko‘p. Agar Meyson mayda detallarga e’tiborli bo‘lsa, Kavani singari «darvozabonlar qotili»ga aylana oladi".

kerdzkelrzkerl

Meyson uzoq muddat qanot vingeri bo‘lib qolmasligi aniq. Undagi kuchli zarba va markazga yorib kirish Robin Van Persining yoshlik  davrlarini yodga soladi. E’tiborlisi shundaki, gollandiyalik hujumchi ham buni payqaganini ma’lum qildi:

«O‘ylashimcha, u mening o‘yin uslubimga taqlid qiladi. Chap oyoqda o‘tkir burchakdan zarba yo‘llash, himoyachilarni o‘zi tomonga chorlab, bosh zonalar yaratish va doimo markazga intilish. Ayniqsa, zarba yo‘llash manerasi ham menikiga juda o‘xshash. Katta ehtimol bilan, u ham markaziy hujumchiga aylanadi".

Darhaqiqat, Robin futbolga vinger sifatida kirib keldi. Keyinroq, Arsen Venger uni super markaziy hujumchiga aylantirdi. Qanotda to‘p surgani uchun Robin markazda avvaliga qiynaldi, biroq keyin uzoq muddat APLning eng kuchli markaziy hujumchisi nomini hech kimga bergani yo‘q.

kzderzkedrzkdezrdk

Bejizga «Manchester Yunayted» Meysonga 5 yillik shartnoma taklif etgani yo‘q. Jamoa kelajakda klub hujumida to‘p surishi uchun Amid Diallo transferini amalga oshirdi. Endi esa, hujum uchligi to‘liq bo‘lishi uchun Jeydon Sancho borasida taklif jo‘natishni boshladi. «Qizil iblislar»ning rejasiga ko‘ra, yaqin 3-4 yil ichida Meyson chinakam qotil hujumchiga aylanishi kerak. Uning hozircha ko‘zga tashlanmayotgani, to‘fon oldidan paydo bo‘lgan sukunat, xolos.

Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaev

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!