Grandlar kutgan yulduz armonda qoldi

  • 15 avgust, 2021, 11:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ishonchli o‘yini bilan qator grandlar e’tiboriga tushgan Saul Niges faoliyatini “Atletiko”da davom ettiradigan bo‘ldi.

Tecno

Yaqingacha bu yarim himoyachiga “Barselona”, “Liverpul”, “Manchester Yunayted” singari qudratli klublardan jiddiy qiziqishlar bo‘layotgan edi. 26 yoshli futbolchining o‘zi ham tezroq Madriddan ketishni istagandi.

Biroq, Nigesning orzulari armonga aylandi va u katta ehtimol bilan o‘z jamoasida qoladi. Gap shundaki, Evropada yozgi transfer oynasi yopilishiga tobora qisqa fursat qolayotgan pallada Nigesga birorta xaridor chiqqani yo‘q. Avval unga qiziqqan klublar e’tiborini boshqa futbolchilarga qaratdi.

Iste’dodli yarim himoyachi endi bor e’tiborini “Atletiko”da o‘zini ko‘rsatishga qaratadi. Chempionlik mavsumida Niges barcha turnirlarda jami 41 ta uchrashuvda maydonga tushib, ikkita gol va bitta golli pas muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!