Gol urishga hamma mas’ul

  • 23 avgust, 2024, 16:17
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” xo‘jayinlari jamoani mavsumga tayyorlashni yangi bosh murabbiy Entso Mareskaga topshirgan edi.

Tecno

Ispaniyalik bosh murabbiy g‘alabalar uchun asosiy mas’uliyat hujum chizig‘i vakillariga tushishini oldindan aytdi.

O‘tgan mavsum nafaqat “aristokratlar” balki, Premer-liganing eng zo‘r o‘yinchilaridan bo‘lgan Koul Palmer bu gal ham o‘zini ko‘rsatishi shartligi aytildi.

- Bir mavsumda 20 ta gol ursang, sen Koul Palmermisan yoki Erling Xoland, bu natijani takrorlash  juda qiyin bo‘ladi.

Shu bois, Palmerning zimmasiga tushadigan mas’uliyatni boshqa hujumkor futbolchilar va forvardlar ham bo‘lishib olishi kerak. Hammasini Palmerga yuklab bo‘lmaydi.

Biz bu mavsum ikki nafar qanot hujumchisi, bir juft hujumkor futbolchi va bir “9-raqam” bilan o‘ynaymiz. Mana shu besh kishi gollarga javob beradi, - dedi Entso Mareska.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!