SPORTS.UZ
  • LIVE - O'yinlar
  • Musobaqalar
  • Futbol
  • O'zbek sporti
  • Boks
  • Shaxmat
  • Minbar

O'YINLAR

Tugagan
Neftchi
4 - 0
Kokand-1912
NeftchiNeftchi
Kokand-1912Kokand-1912
Tugagan
4
0
Tugagan
Qizilqum
0 - 0
Xorazm
QizilqumQizilqum
XorazmXorazm
Tugagan
0
0
Tugagan
Bunyodkor
2 - 1
Navbakhor
BunyodkorBunyodkor
NavbakhorNavbakhor
Tugagan
2
1
Tugagan
Shurtan
1 - 0
TerDU
ShurtanShurtan
TerDUTerDU
Tugagan
1
0
Tugagan
Tondela
2 - 2
Sporting CP
TondelaTondela
Sporting CPSporting CP
Tugagan
2
2
Tugagan
Al Taawoun
0 - 2
Al Ittihad
Al TaawounAl Taawoun
Al IttihadAl Ittihad
Tugagan
0
2
Tugagan
Al Nassr
2 - 0
Al Ahli
Al NassrAl Nassr
Al AhliAl Ahli
Tugagan
2
0
Tugagan
Al Riyadh
0 - 4
Al-Qadsiah
Al RiyadhAl Riyadh
Al-QadsiahAl-Qadsiah
Tugagan
0
4
Tugagan
Atlético Madrid
1 - 1
Arsenal
Atlético MadridAtlético Madrid
ArsenalArsenal
Tugagan
1
1
Barcha o'yinlar

Musobaqalar

  • UEFA chempionlar ligasiUEFA chempionlar ligasi
  • OFK Chempionlar ligasiOFK Chempionlar ligasi
  • O'zbekistonO'zbekiston
  • AngliyaAngliya
To'liq jadval

FIDE reyting

№O'yinchiReyting
1GMCarlsen, Magnus2840
2GMNakamura, Hikaru2810
3GMCaruana, Fabiano2793
4GMAbdusattorov, Nodirbek2780
5GMKeymer, Vincent2762
6GMFirouzja, Alireza2759
7GMWei, Yi2754
8GMSo, Wesley2754
9GMGiri, Anish2753
10GMErigaisi Arjun2751
To'liq jadval
‌
‌
‌
‌
‌
‌
‌
‌
Minbar
FutbolShuhratbek Jo’rayev
Islom Ahmedov: "Jamoamizning ko‘rinmas kuchlariga ham alohida rahmat aytmoqchiman"
  • 29-апрел, 00:57
FutbolShuhratbek Jo’rayev
Vadim Abramov: "O‘zimiz o‘yinni raqibga topshirib qo‘ydik"
  • 29-апрел, 00:09
FutbolBilolbek Imomov
Mundialga ilk qadamlar: Ravshan Ermatov O‘zbekiston terma jamoasining rejasi haqida gapirdi
  • 28-апрел, 17:31
Barcha bloglar

O'qing, qiziq!

Husanovga hatto Haverts ham ovoz beradi!Futbol
  • 29-апрел, 00:01
  • 0
Husanovga hatto Haverts ham ovoz beradi!
Xoland keyingi mavsumni qaerda boshlashini aytdiFutbol
  • 29-апрел, 08:18
  • 0
Xoland keyingi mavsumni qaerda boshlashini aytdi
Abduqodir Husanov "Olimpiya shaharchasi"dagi infratuzilma bilan tanishdiFutbol
  • 29-апрел, 17:58
  • 0
Abduqodir Husanov "Olimpiya shaharchasi"dagi infratuzilma bilan tanishdi
Superliga. Bugun "Vodiy derbisi" va yana ikki o‘yin o‘tkaziladiFutbol
  • 29-апрел, 03:34
  • 0
Superliga. Bugun "Vodiy derbisi" va yana ikki o‘yin o‘tkaziladi
Xabi Alonsoga kutilmagan superklubdan ish chiqdiFutbol
  • 29-апрел, 07:53
  • 0
Xabi Alonsoga kutilmagan superklubdan ish chiqdi

Litsenziya

№1002

Ta'sischi

"RENDER SYSTEMS" MCHJ

Manzil

100047, Toshkent sh., Istiqbol ko'chasi, 15

Elektron pochta

info@sports.uz

Telefon

+998 71 233-78-98

Barcha xizmatlar litsenziyalangan, mahsulotlar sertifikatlangan. Sayt materiallarini har qanday shaklda tarqatishda sports.uz ga havola majburiy!

Sayt materiallarini ma'muriyat bilan kelishmasdan nusxalash taqiqlangan! Sayt ma'muriyati saytda joylashtirilgan reklama e'lonlari mazmuni uchun javobgar emas.

  • Google Play
  • App Store
SPORTS.UZSPORTS.UZ
  • Qoidalar
  • Reklama
  • Sayt haqida
  • 18+
Gana terma jamoasi “kalla” qo‘ydi!
  • #Gana

Gana terma jamoasi “kalla” qo‘ydi!

  • 29-ноябр 2022, 20:54
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol

Gana terma jamoasi butun boshli delegatsiya bilan Qatarga uchib keldi, ammo uyda bir narsa qolib ketgan edi. Sezganingizdek, JCh ishtirokchisi o‘zining asosiy liboslarini (epikirovkasini) to‘liqligicha o‘z yurtida tashlab kelgan. Eng qizig‘i shundaki, oradan anchagina vaqt o‘tgachgina jamoaning “formasi” yoddan ko‘tarilgani payqab qolingan. Bu holat birinchi marotaba kuzatilmayapti…

O‘zi nima bo‘lgan edi?

Voqea haqida Ganadagi taniqli jurnalist – Frank Darkua o‘zining tvitterdagi sahifasida yozdi. Jamoa administratori ishlar bilan chalg‘ib qolib, formalarni Ganada qoldirib kelgan ekan. Qanday qilib ulkan bagajni tashlab kelish mumkinligi haqida batafsil ma’lumot yo‘q. Jamoa o‘zining Portugaliya bilan o‘yiniga qadar liboslari etib kelishi bilan davlat hafsizlik hizmati va elchilar shug‘ullanishiga to‘g‘ri keldi.

Pftf23_1

Bunaqasi avval ham bo‘lganmi?

2004 yil Gretsiyada bo‘lib o‘tgan Olimpiada o‘yinlarida Gana futbol rasmiylaridan biri – Kofi Nsia mahalliy brend – “Mingle”dan jamoa liboslarini oladi va aeroportga etkazadi. O‘sha kuni tunda London orqali Afinaga GFA vakili uchib ketishi kerak edi. Nsia yukni aynan hamkasbining nomiga rasmiylashtiradi. Bundan bexabar rasmiy Londonga uchib keldi va qo‘lidagi shaxsiy chamadonini olib Afinaga ketayotgan samalyotga o‘tirib havoga ko‘tarildi.

Italiyaga qarshi ilk o‘yin oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida Gana ustozi o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Keyin jamoalar  administratorlari ertangi o‘yinda qanday rangdagi liboslarda harakat qilish borasida kelishib olishi kerak edi. Jamoaning epikirovkasi yo‘q ekanligini bilgach, bosh murabbiy shogirdlari to‘liq sariq libosda harakat qilishini aytadi. Na’muna sifatida olingan futbolka mehmonxonada qolib ketgani ro‘kach qilib ko‘rsatiladi.

O‘yin boshlanishiga bir kun qolgan. Liboslar hech qaerda yo‘q. Shu payt yordamga Nike kompaniyasida ishlaydigan murabbiyning yaqini keladi. Kompaniya chorasiz qolgan jamoaga sariq futbolkalarni (mashg‘ulot uchun ishlab chiqargan) sovg‘a qiladi. Shunga qaramay, muammo bartaraf etilgani yo‘q. Shorti, gedri va liboslardagi raqamlarning yo‘qligi bois jamoa mutasaddilari izlanishga berilib ketdi. GFA vitsa-prezidenti Fred Papponing shaxsan o‘zi Gretsiya ko‘chalarida sariq rangdagi shorti va gedrilarni izlashga tushdi. Jamoa joylashgan shaharchada bunday do‘kon yo‘qligi bois, Fred taksida Afinaga yo‘l oladi. U Poytaxtga kech kirganda etib kelgani bois, o‘zi istagan narsalar sotiladigan dokon berkilib qolgan edi. O‘sha oqshom mehmonxonada qolgach, tonggi soat 5 da dokon oldiga kelib o‘tiradi. Jamoasi uchun kerakli barcha narsani olgach, ortga shoshiladi. O‘yin boshlanishiga 2 soat qolgan bir paytdagina qahramonimiz qo‘lida katta chamadonlar bilan stadionga etib keladi.

Pftf

Gana terma jamoasi, va’da qilinganidek to‘liq sap-sariq libosda maydonga chiqadi. Guruh bosqichidagi ikkinchi o‘yinda jamoa o‘zining orginal futbolkalarida ishtirok etadi. Sariq, qora va qizil rangdan iborat epikirovka ko‘pchilikning e’tiborini ham tortmagani aniq, ammo birinchi o‘yindagi g‘alati komplekt tarixda abadiy qoladi.

Ya . U

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q