Fyodor Emelyanenko: "O‘sha g‘alabam men uchun eng muhimi bo‘lgandi!"
- 17-сентябр 2025, 22:24
- Ahmadbek Eshmatov
- 0
- MMA
48 yoshli rossiyalik afsonaviy jangchi Fyodor Emelyanenko o‘z faoliyatidagi eng muhim jangni eslab o‘tdi.
"Antoniu Rodrigu Nogeyra ustidan qozongan g‘alabam men uchun eng muhimi bo‘lgandi. O‘shanda u eng kuchli raqib hisoblanardi. Xudoga shukur, yutdim va dunyo reytingida birinchi raqamga chiqdim. Yana Mirko Filipovich bilan bo‘lgan jang ham og‘ir kechgan. Lekin, aslida, eng qiyin narsa — bu jang emas, balki unga tayyorgarlik. Mashg‘ulotlar odamni butunlay holdan to‘ydiradi, oxirgi haftalarda nafaqat jismoniy, balki ma’naviy kurash ham ketadi. Eng asosiysi tushkunlikka tushmasdan oldinga intilishdir", — deya Fyodorning so‘zlarini keltirdi "oskol.city".
Eslatib o‘tamiz, 2003 yil 16 mart kuni Emelyanenko "Pride 25" turnirida Nogeyrani hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra mag‘lub etgandi.