
Futzal. Oliy ligada 1-tur bahslari davomi ettirildi (turnir jadvali)
Futzal bo‘yicha O‘zbekiston Oliy ligasi 1-turidan o‘rin olgan uchrashuvlari davom ettirildi. Bugunga belgilangan 3 bellashuv yakuniga etdi.
Dastlabki bahs "Lokomotiv" va "Oil Star" jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Jangovar kechgan o‘yinda nominal mehmonlar 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.
"Paxtakor" - "Maksam-Chirchiq" uchrashuvida "sherlar" 5:3 hisobida zafar quchdi. Shuningdek, "Nasaf" - "Neftchi" bellashuvida qarshiliklar raqibini tor-mor keltirdi. Jamoalar o‘rtasida 4:2 hisobi qayd etildi.
Fikrlar