
Futzal. Kambek amalga oshirgan Portugaliya yarim finalga chiqdi!
Futzal bo‘yicha Jahon chempionati chorak final bosqichidan o‘rin olgan Ispaniya - Portugaliya uchrashuvi yakuniga etdi. Unda nominal mehmonlar 4:2 hisobida g‘alaba qozondi.
21 va 23-daqiqalarda ikkita gol urgan ispanlar hisobni ishonchli ko‘rinishga keltirdi. Biroq portugaliyaliklar asosiy vaqt yakuniga qadar muvozanatni tikladi. Qo‘shimcha bo‘limlarda ispaniyalik Raya o‘z darvozasini ishg‘ol etib qo‘ygan bo‘lsa, Varela Portugaliyaning 4-goliga mualliflik qildi.
Endi ularga yarim finalda Qozog‘iston - Eron bellashuvi g‘olibi raqiblik qiladi.
Fikrlar