Freestyle Chess-2025". Abdusattorov amaldagi jahon chempioni bilan o‘ynadi
- 7-феврал 2025, 14:16
- Oybek Yo’ldoshev
- 0
- Shaxmat
Xabaringiz bor, bugun Germaniyaning Vaysenxaus shahrida "Freestyle Chess-2025" turniri start oladi.
Unda hamyurtlarimiz Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov dunyoning eng kuchli shaxmatchilari bilan bahslarga kirishadi. Musobaqaning mukofot jamg‘armasi 750 ming dollarni tashkil qiladi. Turnir 7-17 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.
Musobaqaning 1-kuni uchun qur’a natijalariga ko‘ra, Abdusattorov amaldagi jahon chempioni Gukesh bilan o‘ynasa, Sindarov Vinsent Keymer bilan bahs yuritadi.
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q