Frank de Bur Gollandiya terma jamoasida 96 yillik antirekordni takrorladi

  • 15 oktabr, 2020, 11:41
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frank de Bur Gollandiya terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida ilk o‘yinlarini muvaffaqiyatsiz o‘tkazdi.

Tecno

Uning boshqaruvidagi Gollandiya dastlab, Meksikaga (0:1) imkoniyatni boy berdi, keyin Bosniya va Gertsegovina (0:0) hamda Italiya (1:1) bilan durang qayd etdi.

Gracenote Live nashri tarqatgan xabarga qaraganda, De Bur Gollandiya terma jamoasi tarixida dastlabki 3 ta o‘yinda g‘alaba qozona olmagan 3-murabbiyga aylandi.

Bungacha Bill Taunli (1924 yil, 2 ta durang, 1 ta mag‘lubiyat) va Dik Advokat (1992 yil, 1 ta durang, 2 ta mag‘lubiyat) shunday natija qayd etgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!