Floyd Meyvezer Frensis Ngannuni  Mayweather Promotions kompaniyasiga qo‘shib olmoqchi

  • 21 aprel, 2023, 08:48
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Professional boks olamining yulduzlaridan biri amerikalik Floyd Meyvezer sobiq UFC chempioni Frensis Ngannu bilan ishlamoqchi ekanligini ma’lum qildi. Ma’lumki, Ngannu boksda =am щzini sinab kщrmoychi ekanligini aytgandi. 

Tecno

“Men Ngannu bilan ishlashni istardim. Uni  Mayweather Promotions bilan shartnoma imzolashni istardim. U juda tajribali, aql bovar qilmaydigan yigit va agar u eng yaxshi og‘ir vazn toifasidagilardan biri bilan jang qilmoqchi bo‘lsa, buni qilishi kerak.

Uning gabariti, kuchi va hukmronlikka bo‘lgan ishtiyoqi bilan hamma narsa sodir bo‘lishi mumkin. O‘zining kuchi va chidamliligi bilan u og‘ir vazn toifasida shov-shuv ko‘tarishi mumkin”, — dedi sobiq jahon chempioni Floyd Meyvezer.

Ma’lumot uchun, og‘ir vazn toifasida sobiq UFC chempioni Frensis Ngannu 2023 yilning yanvarida promoushenni tark etgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!