Flik mashhur yulduzning “Barsa”ga transferini blokladi

  • 5 avgust, 2024, 11:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” jamoasi futbolchisi N'Golo Kante Frantsiya terma jamoasi safida Germaniyadagi “Evro-2024” chempionatida yuqori saviyada o‘ynaganidan keyin uni Evropaga qaytarish istagini bildirgan jamoalar chiqqan edi.

Tecno

“Barselona” sport direktori Deku ham mashhur futbolchini Kataloniyaga olib kelish bo‘yicha ish boshlab yuborgan. Biroq bu transfer amalga oshmaydigan bo‘ldi.

Mundo Deportivo nashrining yozishicha, kataloniyaliklarning yangi bosh murabbiyi Xans-Diter Flik 33 yoshli yarim himoyachining transferini blokladi.

Germaniyalik mutaxassis o‘z qarorini jamoani shakllantirishda asosan yoshlarga e’tibor qaratishi bilan izohladi.

Kante faoliyati davomida Frantsiyada “Bulon” va “Kan”, Angliyada “Lester Siti” hamda “Chelsi”  klublarida o‘ynagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!