FIFA Rossiya terma jamoasining jahon chempionatida ishtirok etishiga ruxsat berdi!

  • 4 oktabr, 2023, 21:13
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

FIFA ijroiya Kengashining bugungi yig‘ilishida yana bir muhim qaror qabul qilindi.

Tecno

Unga ko‘ra, so‘nggi yillarda siyosiy sababalar tufayli xalqaro maydonlardan chetlatilgan Rossiya futboliga qisman eshiklar ochildi. Jumladan, Rossiya yoshlar terma jamoasiga U17 jahon chempionatida ishtirok etish huquqi berildi. Faqat buning uchun jamoa UEFA saralashidan muvaffaqiyatli o‘tishi lozim.

Biroq FIFA ijroiya Kengashi Rossiyaning boshqa jamoalari va klublari borasida 2022 yil 28 fevralda qabul qilgan qarori siyosiy vaziyat izga tushmaguncha o‘z kuchida qolishini ma’lum qildi.

Bundan avvalroq, 27 sentyabr kuni Evropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) Rossiya o‘smirlar terma jamoasiga (U17) o‘z xalqaro musobaqalarida ishtirok etishiga ruxsat berishga qaror qilgan edi. Shundan so‘ng Evropaning bir qancha davlatlari Rossiya terma jamoasi ishtirok etadigan turnirlarga boykot e’lon qildi. Aniqrog‘i, Norvegiya, Angliya, Polsha, Shvetsiya, Daniya, Latviya, Litva va Ukraina Rossiya terma jamoasi bilan o‘ynashdan bosh tortganliklarini e’lon qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Махмуд1966
04/10/2023 21:19
Долбоёбчасига сарлавха куйишларингга куникиб хам колдик
Дилшод Xaмзаев
04/10/2023 21:30
Аста секин рухсат беради хамма ёшдаги термасига.чунки Газпром асосий хомий хисобланади уэфадаям фифадаям.четлатишдан мантиқ хам йўқ эди.спорт билан сиёсат аралаштиришни кераги йўқ бу фифани қоидаси эди.
&
Махмуд1966
04/10/2023 21:19
Долбоёбчасига сарлавха куйишларингга куникиб хам колдик