
FIFA prezidenti jahon chempionati ishtirokchilari sonini 50 taga etkazmoqchi
FIFA prezidenti Janni Infantino klublar o‘rtasidagi jahon chempionati rejalari bilan o‘rtoqlashdi.
“Ushbu loyiha haqida gap ketganda, global xalqaro taqvimni eslatib o‘tish muhimdir. Biz kamsitishlar va raqobat kam bo‘lgan sog‘lom futbolni xohlaymiz. Bunga erishish uchun biz nafaqat klublar o‘rtasidagi jahon chempionatini, balki butun taqvimni ko‘rib chiqishimiz kerak. Xalqaro taqvim 2024 yilgacha tuzilgan. Shundan so‘ng, biz hamma narsani yangitdan tuzamiz.
Mening orzuim, bizning g‘oyamiz, falsafamiz shundan iboratki, barcha qit’alardan 50 ta klub klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida, 50 ta terma jamoalar esa jahon chempionatida g‘oliblik uchun kurash olib borishi kerak”, - dedi FIFA prezidenti.
Ma’lumuot uchun, hozirda klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida 6 ta qit’adan 1 tadan klub va mezbon mamlakatdan 1 ta klub, jami 7 ta klub ishtirok etmoqda. Jahon chempionatida 32 ta terma jamoa qatnashadi.
Fikrlar