
Fayzullaev: Mashg‘ulotlarga borgim kelmay qoldi, Xolandning ko‘zoynagidan ham oldim...
Abbosbek Fayzullaev — O‘zbekiston va Rossiyaning eng yorqin futbolchilaridan. 21 yoshli hujumkor futbolchi yosh bo‘lishiga qaramay, bugungi kunda TsSKA va O‘zbekiston milliy terma jamoasi etakchisi hisoblanadi.
2024 yilda legionerimiz Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi, O‘zbekistonda yilning eng yaxshi futbolchisi singari individual sovrinlarni qo‘lga kiritdi.
Fayzullaev jurnalistlarning savollariga javob qaytarib, intervyu berdi.
Sports.uz portali ushbu intervyuning bir necha qismda o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga havola etadi.
— Abbos, ishlaring qalay?
— Yaxshi. Mavsumning ancha murakkab o‘tgan birinchi qismi tugab, ta’til davri keldi. Jismonan va ruhan bo‘shash muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki oxirgi ikki yilda men atigi ikki hafta dam oldim xolos.
— Terma jamoa tufaylimi?
— Ha. 2022 yilning yozida yoshlar o‘rtasidagi Osiyo kubogida, 2023 yilning bahorida 20 yoshgacha bo‘lgan va bizning g‘alabamiz bilan yakunlangan Osiyo kubogida ishtirok etdim. 2023 yilning may oyida yoshlar o‘rtasida jahon birinchiligi bo‘ldi.
2024 yilning boshida milliy terma jamoa bilan Osiyo kubogiga bordim va bahorda yoshlar terma jamoasida o‘ynadim. Yoshlar o‘rtasidagi Osiyo kubogida ikkinchi o‘rinni egallab, Parij Olimpiadasiga yo‘llanma oldik va bu musobaqada ham o‘ynadim.
Qisqasini aytganda, aqlbovar qilmas taqvimni boshdan o‘tkazdim. Shunaqa paytlar bo‘ldiki, ertalab uyg‘onganimda, butun tanam og‘rirdi, ba’zan hech qanaqa mashg‘ulotga borgim kelmasdi. O‘zimni majburlashimga to‘g‘ri kelardi.
—Lekin bu bosqichlarni birorta jarohatsiz o‘tkazishni uddalayapsan-ku...
— Birinchi o‘rinda, Allohdan meni jarohatlardan asrashini so‘rayman. Keyin esa, tiklanishga jiddiy e’tibor qarataman. Bazadan doim oxiri ketaman. Uyimda ham tiklanish uchun barcha sharoit, hatto ko‘k rangni filtrlaydigan Erling Xolandning ko‘zoynagidan ham bor.
— Ular qanday yordam beradi?
— Bu ko‘zoynakni uxlashdan oldin bir necha soat taqib yurish kerak. Uni taqishing bilan organizmda melatonin moddasi ishlab chiqariladi va bu uyquning sifatli bo‘lishini ta’minlaydi va shu orqali organizmning tiklanishi yaxshi kechadi. Qo‘shimchasiga, ko‘z ham yaxshi dam oladi. Bitta sharti bor, taqqaningdan keyin dastlabki 45 daqiqa ichida birorta gadjetga qaramasliging kerak. Bu juda muhim.
— Bu ko‘zoynak haqida qaerdan bilding?
— Birinchi bor Viktor Davilada ko‘rgandim. Sinab ko‘rdim, effekti menga yoqdi. Undan qaerdan olsa bo‘lishini so‘radim, Rossiyada yo‘qligini aytdi. Keyin terma jamoaga borganida bu ko‘zoynakni Janubiy Amerikadan olib keldi.
— Qizig‘u...
— Bundan tashqari menda Whoop brasleti bor, u uyquning sifatida aniqlab, tana necha foizga tiklanganini ko‘rsatib beradi. Zo‘r narsa.
Davomi bor...
Husanovning “dahshatli” g‘alabasi!
Birorta futbolchi Husanovga yaqinlasha olmadi!
Fikrlar