Fayzullaev ishonch bilan katta gapirdi!

  • 27 oktabr, 2024, 17:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya Premer-ligasining 13-turida TsSKA jamoasi o‘z maydonida chempionat autsayderlaridan biri “Fakel” jamoasini enga olmadi. “Armiyachilar” ustunligi o‘tgan bellashuvda hisob ochilmadi va tomonlar bittadan ochkoni bo‘lishib oldi.

Tecno

Uchrashuvdan keyin TsSKA etakchisi Abbosbek Fayzullaev o‘yin haqida o‘z munosabatini bildirib o‘tdi.

Sports.uz portali ijodkorlari o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga 21 yoshli hujumkor futbolimizning fikr-mulohazalarini havola etadi.

O‘yin haqida

“Fakel”ga qarshi juda og‘ir o‘yin bo‘ldi va biz o‘ta muhim ikki ochkoni yo‘qotdik. Biz juda yaxshi holatda edik va bungacha qatorasiga bir necha uchrashuvda zafar quchgandik. Lekin bu gal oldingi chiziqda ko‘proq xavfli vaziyatlar yarata olmadik.

“Fakel” juda mustahkam himoyalandi, shu bois bizga bu bellashuv og‘irlik qildi.

Keyingi turda bo‘ladigan “Spartak” bilan derbi haqida

Biz keyingi turda “Spartak”ni mag‘lub qilishni istaymiz va buni uddalay olamiz. Bizda yaxshi jamoa va murabbiylar shtabi shakllangan.

“Spartak”ni engamiz, deb o‘ylayman. “Fakel” bilan o‘yinda yo‘qotilgan ikki ochko “Spartak” bilan bo‘ladigan to‘qnashuv oldidan jamoaga hech qanday bosim o‘tkazmaydi. Aslida bu bahsda ham g‘alaba qozonib, bo‘lajak bahsga yanada ko‘tarinki kafiyatda borsak yaxshi bo‘lardi.

Yangi pozitsiya haqida

O‘ng qanot laterali pozitsiyasida to‘p surish biroz g‘alati bo‘ldi. Lekin bosh murabbiy aynan shu pozitsiyada o‘ynashim kerakligini aytdi. Men har doim tayyorman.

Miralem Pyanich haqida

Miralem Pyanich haqiqiy usta. U hech kim kutmagan paslarni aniq uzata oladi, hujumni kuchaytiradi. Bizga maydon markazida aynan mana shunaqa futbolchi kerak edi.

Menga bunaqa futbolchi bilan birga o‘ynash juda qulay. Pyanich zo‘r zarbaga ega va standart vaziyatlarni ham juda yaxshi bajaradi. Agar standart vaziyatlardan unumli foydala olsa, zarbalarni o‘zi beraversin.

Eslatib o‘tamiz, Abbosbek Fayzullaev 2023 yilning avgustidan beri TsSKA sharafini himoya qilib kelmoqda. 21 yoshli futbolichimiz hozirga qadar barcha turnirlarda “armiyachilar” safida 48 ta uchrashuvda maydonga tushib, ettita gol va 19 ta assist muallifi bo‘lgan.

Shomurodov bilan yuzaga kelgan vaziyat hammaning e’tiborini tortdi

Husanovni yanvarda olib ketishmoqchi. Legionerimiz faoliyatini qaerda davom ettiradi?
Legionerimiz o‘yindan chiqib ketganidan keyin jamoasi qahramonlik ko‘rsatdi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
ibrohimjonhaydarov5@gmail.com
27/10/2024 18:42
кани катта гапиргани
&
Dili
28/10/2024 09:07
Яша Аббос манам шундай деган булардим