
Fayzullaev Evropaning eng kuchli jamoalarida to‘p tepmoqchi
TsSKA yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullaev kelajakda Evropa klubida o‘ynash orzusi borligini tan oldi. Bu haqda legionerimiz rossiyalik jurnalist va sharhlovchi Nobel Arustamyanga bergan intervyusida ta’kidlab o‘tdi.
- Kelajakdagi faoliyatingizni qanday tasavvur qilasiz? Siz TsSKA o‘yinchisisiz, lekin "Bavariya" haqida bejiz gapirmadim, sababi ma’lumotlarga ko‘ra, siz O‘zbekiston terma jamoasida o‘ynaganingizda "Bavariya" skautlari sizni kuzatishgan ekan.
- Hozirda TsSKAdaman va shartnomam bor, ammo doimo Evropada o‘ynash maqsadim bo‘lgan. Vaqti kelganda Evropaning eng kuchli jamoalarida o‘ynashni xohlayman.
- Shomurodov "Rostov"ga 100 ming yoki 150 ming evroga o‘tdi. Husanov Belorussiya klubiga 200 ming evroga o‘tgan. Siz esa, menimcha, 500 ming evroga o‘tdingiz. Shomurodovning eng yuqori narxi "Rostov"da 3-4 yil o‘tib 20 million evro, Husanovniki esa 3 yildan keyin 45 million evro bo‘ldi. Siz hozirning o‘zida qanchaga baholanasiz?
- Hozirmi? Taxminan 8 million evro bo‘lsa kerak. 50-75 million evrogacha ko‘tarilishim mumkin. Balki 100 million ham bo‘lar. 2 yildan keyin nima bo‘lishini hech kim bilmaydi, - dedi Fayzullaev.
Fikrlar