Fayzullaev asosiy tarkibdan chiqarildimi?

  • 14 fevral, 17:29
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 3
  • Futbol
BEPUL PROPAN

TsSKA Rossiya Premer-ligasidagi oxirgi chempionligini 2016 yili nishonlagan. Klub rahbariyati bir necha yildan beri yana shohsupaga ko‘tarilishga qodir jamoa shakllantirishga harakat qilmoqda.

Bu borada “armiyachilar” muntazam tarkibni kuchaytirish va futbolchilarni mahorat bilan boshqara oladigan bosh murabbiy topishga alohida e’tibor qaratib kelmoqda.

Hozir jamoani boshqarayotgan serbiyalik mutaxassis Marko Nikolich ham klubga ana shu maqsadda taklif  etilgan.

Murabbiylik faoliyatini ancha erta – 2021 yilda boshlagan 45 yoshli mutaxassis Serbiyadan tashqari, Sloveniya, Vengriya, Birlashgan Arab Amirliklarida ham ishlagan. TsSKA uning Rossiyadagi faoliyatida ikkinchi jamoa. Ilgari ma’lum muddat “Lokomotiv”ni boshqargan.

Nikolich chempionatda yuzaga kelgan qishki tanaffusdan foydalanib, jamoa o‘yin uslubini o‘zgartirdi. Bu yangilanish bevosita Abbosbek Fayzullaevning o‘yiniga ta’sir qildi. Ilgari oldingi chiziqda o‘ynab, qanotlardan hujum tashkil qilgan legionerimizga yangi vazifa yuklatildi.

Endi Abbos bu ishni biroz ortga qaytib, maydon ichkarisidan boshlab, amalga oshirishi talab etilmoqda.  Yangi pozitsiyasini o‘zlashtirish oson bo‘lmayapti. Bir necha uchrashuvda Nikolich Fayzullaevni to‘liq o‘ynatayotgani yo‘q. Bu jamoada asosiy figuralardan hisoblangan o‘zbek futbolchisining asosiy tarkibdagi o‘rni mavhum bo‘lib qolgani haqidagi savollarni keltirib chiqardi.

Fayzullaevning o‘zi yangi pozitsiyaga moslashishi uchun biroz vaqt kerakligini ta’kidlagan edi. 21 yoshli hujumkor futbolchi navbatdagi intervyusida muxlislarni qiziqtirgan bu masalaga oydinlik kiritdi.

Sports.uz portali Abbosbek Fayzullaev bergan ma’lumotlarni o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga etkazishni ma’qul topdi.

- Asosiy tarkibdagi o‘rnimni yo‘qotdim, deya olmayman. Yig‘inlar davomi etmoqda, murabbiylar yangi sxemalarni sinab ko‘rmoqda. Men birinchi yig‘inning katta qismini jarohat tufayli – belimda og‘riq bo‘lgani uchun o‘tkazib yubordim.

Hozir mavsumning ikkinchi qismiga tayyorlanyapman va oxirigacha kurashaman.

Men mehnat qilaveraman, lekin qarorni bosh murabbiy qabul qiladi. Men Nikolich uchun gapira olmayman. O‘zim o‘zimni tarkibga kiritolmayman. Raqobat har doim bo‘lgan va bundan keyin ham bo‘ladi.

Men TsSKAga kelgan davrimda ham raqobat hozirgidan kam emas edi. Hamma narsaga tayyorman. Miralem Pyanich bilan ham, yangi kelgan o‘yinchilar bilan raqobatlashishga hozirman, - dedi Abbosbek Fayzullaev.

“Paxtakor” tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Abbosbek 2023 yilning avgustida TsSKAga ko‘chib o‘tgan edi. Shundan beri jami 55 ta uchrashuvda qatnashgan hamyurtimiz o‘z hisobiga sakkizta gol va yigirmata assist yozdirib qo‘ygan.

Fayzullaev xavotirga solyapti!

Fayzullaev Husanov muhim voqeaga sababchi bo‘lganini aytdi!

Husanovga vaqt beriladi!

O‘zbek legionerining jamoada nomi bor, o‘zi yo‘q!

Raneri o‘yini o‘zgargan Shomurodov haqida nimalar dedi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Rest Lover
14/02/2025 22:12
Россия да хеч бир у́збек зу́р бу́либ кетмаган. Вактини борида Европага кетиш керак
&
Азизжон
15/02/2025 00:02
Асосийда тушурмаса ку́р бу́лади
Abat Berdimuratov
14/02/2025 17:42
Menimcha yozda Abbosni sotib yubormoqchi shuning uchun uning orniga hozirdan boshqa variantlarni qoyib koryabdi. Va katta ehtimol bilan kop oyinlarda endi asosiyda maydonga tushmaydi.