
Fabino PSJ yoki "Arsenal"ga o‘tishi mumkin edi
- 24-октябр 2019, 17:01
- Baxtiyorjon Toshtemirov
- 0
- Futbol
“Arsenal” klubi bosh murabbiyi Unai Emeri “Liverpul” yarim himoyachisi Fabinoni o‘z vaqtida PSJ va “Arsenal”ga olib kelmoqchi bo‘lganini aytdi.
“Frantsiyada ishlab yurgan paytlarim Fabino menga judayam yoqardi. U “Monako”da o‘ynardi va men uni PSJga olib o‘tishni xohlaganman.
“Arsenal”ga kelganimdan keyin ham uni sotib olishga urunib ko‘rdik, ammo u “Liverpul”ni tanladi”, - deydi ispaniyalik mutaxassis.
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q