Evropadagi legionerimizning goli jamoasini birinchi o‘ringa olib chiqdi
O‘zbek futbolining eng iqtidorli tarbiyalanuvchilaridan hisoblangan Umarali Rahmonaliev bu yilgi mavsumni Ozarbayjon chempionatida o‘tkazmoqda.
22 yoshli yarim himoyachi ijara asosida Boku shahrining “Sabah” jamoasi sharafini himoya qilyapti. Bokuliklar chempionatning 15-turini safar o‘tkazib, “Turon” jamoasi bilan kuch sinashdi.
Uchrashuv mehmon jamoa ustunligida o‘tdi. “Sabah” vakillaridan Joy Mikkels birinchi bo‘limda hisobni ochdi. O‘yinning ikkinchi yarmida Velko Shimich ikkinchi to‘pni kiritdi. Bahsni to‘liq o‘tkazgan Umarali Rahmonaliev 78-daqiqada to‘p kiritib, hisobni mustahkamladi. Mezbonlar bitta javob to‘pini kiritdi.
Bu g‘alabadan keyin “Sabah” to‘qqizta g‘alaba va to‘rtta durang bilan 31 ochko to‘plagan holda Premer-liga jadvalida birinchi o‘ringa ko‘tarildi. Biroq keyingi pog‘onada borayotgan “Karabax” bir o‘yin kam o‘tkazgan holda 30 ochko jamg‘argan.
Umarali Rahmonaliev kiritgan to‘p hamyurtimizning Ozarbayjon chempionatidagi debyut goli sifatida qayd etilgan.Hozirgacha 14 ta o‘yinda qatnashgan legionerimiz hisobida bitta golli pas ham bor.
Rahmonaliev aslida “Bunyodkor” akademiyasidan etishib chiqqan iste’dodli o‘yinchilardan. Universal yarim himoyachi mamlakatimiz Superligasida “Bunyodkor” sharafini bir yil himoya qilganidan keyin 2023 yilning boshida Rossiya Premer-ligasi vakili “Rubin” jamoasiga erkin agent maqomida borib qo‘shildi.
Qozon shahri klubi Rahmonaliev o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi va tajriba to‘plashini ta’minlash maqsadida uni 2025 yilning boshida “Sabah” jamoasiga ijaraga jo‘natdi.
Legionerimizning hozirgi klubi bilan ijara shartnomasi shu yilning 31 dekabr kuni yakunlanadi. Keyin Umaralining kelajagini “Rubin” klubi rahbariyati hal qilishi lozim. Futbolchimizning qozonliklar bilan mehnat shartnomasi 2026 yilning 30 iyunigacha tuzilgan.
Odil Ahmedov bilan chempion bo‘lgan yulduz kutilmaganda futboldan ketadigan bo‘ldi
O‘zbekistonda Ronalduni to‘xtatadigan bir futbolchi bor
Xorij klublariga O‘zbekistondan futbolchi olishni tavsiya qilishdi
O‘zbekiston ulkan hurmatga loyiq! Portugaliya ustozi Martines yana nimalar dedi?
Bu xatodan keyin Gvardiola Husanovni asosiy tarkibga qaytarishi shart



Fikrlar