
Evra "Yuventus"ning eng katta xatosini aytdi
Frantsiyalik sobiq futbolchi Patris Evra "Yuventus" muxlislariga videomurojaat qildi va uni instagramdagi sahifasiga joylashtirdi. U o‘z murojaati davomida Turin klubidagi murabbiylar masalasini ham ko‘targan.
“Andrea Pirloga omad tilayman. U mening do‘stim va uning "Yuventus"da qolishiga umid qilaman. Ammo shuni ham aytishim kerakki, "Yuventus"ning eng katta xatosi Massimiliano Allegrining ishdan bo‘shatishi edi. U juda aqlli murabbiy. Muxlislar uni Chempionlar ligasi finaliga chiqqanidan keyin ham tanqid qilishdi. Siz uni milanlik, deb o‘ylaysiz, ammo ishoning, u "Yuventus"ni yaxshi ko‘radi”, - dedi Evra.
Evra “Yuventus” safida 2014-2017 yillarda to‘p surgan. U ushbu davr ichida 53 ta o‘yinda ishtirok etgan va o‘z hisobiga 3 ta gol yozdirib qo‘ygan.
Pirlo “Yuventus”ni 2020 yilning yozidan buyon boshqarib kelmoqda. Uning jamoasi 33 turdan so‘ng 4-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar