
Evra: "Ronaldu ketgach, Fernandesh yana "boss"ga aylandi"
"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi Patris Evra Ronaldu ketgach, klubda Fernandeshning o‘rni borasida fikr bildirdi.
"Brunu yana asosiy shaxsga aylandi. Siz Ronalduning bu erda emasligini, Fernandesh yana "boss"ga aylanganini bemalol his qilishingiz mumkin.
U yana jarima zarbalari, burchak zarbalarini tepmoqda. Fernandeshga aynan shu narsalar kerak edi", - dedi frantsiyalik sobiq futbolchi.
Ma’lumot o‘rnida, bugun tunda "Manchester Yunayted" "Nottingem Forest"ni yirik 3:0 hisobida mag‘lub etdi.
Fikrlar