
Evra: "Endi bu orzu ortda qoldi"
Krishtianu Ronaldu faoliyatini yakunlasa, Patris Evra bundan ajablanmaydi.
"Men Ronaldu bilan uning kelajagini muhokama qilmadim. Biz ko‘proq oilamiz va hayot haqida gaplashdik. U nima qilishini bilmayman.
"Ba’zan juda ko‘p tanqidga uchraganingizda, ayniqsa, karerangiz oxirlab qolganda, to‘xtash vaqti keldi deb o‘ylaysiz.
Qo‘shimchasiga, terma jamoada asosiy tarkibda maydonga tushmasang. Axir, Krishtianu doim termada borini berishni va eng yuqori sport formada bo‘lishni istardi. Jahon chempionatida g‘alaba qozonish uning orzusi edi. Endi bu orzu ortda qoldi.
Men Ronalduning o‘rniga gapirmayman. Biroq faoliyatini yakunlasa hayron qolmayman", - dedi Ronaldu.
Fikrlar